Media va reklama joylashtirish
OAV, Telegram kanallar va influenserlarda reklama joylashtiramiz: mediareja, kelishuv, chiqish nazorati va hisobot.
Xizmatlar
Brendning raqamli kanallarini tizimli yuritamiz: kontent rejasi, doimiy nashr, reklama kampaniyalari va oʻlchanadigan natija. Ish bir martalik post emas, balki oylik sikl asosida olib boriladi.
Auditoriya, raqobatchilar va kanallarni tahlil qilib, oylik kontent rejasi va nashr jadvalini tuzamiz.
Instagram, Telegram, Facebook va YouTube uchun matn, dizayn va video tayyorlaymiz, nashrni jadval boʻyicha olib boramiz.
Sayt matnlari, post va maqolalar, maʼlumot byulletenlari, ssenariylar va tovar tavsiflari.
Meta Ads, Google Ads va Telegram reklama kabinetlarini sozlaymiz, auditoriyalarni sinab natijaga qarab optimallashtiramiz.
Trafik, konversiya va oʻrnatishlar boʻyicha kampaniyalar, UTM belgilash va analitika sozlanishi.
Mavjud kanallar, kontent va koʻrsatkichlarni tekshiramiz, oʻsish nuqtalarini aniqlaymiz.
Maqsadli auditoriya, xabar, formatlar, nashr chastotasi va KPI kelishiladi.
Kontent ishlab chiqarish, nashr, reklama kampaniyalarini yuritish va izohlar bilan ishlash.
Oylik hisobot: qamrov, jalb qilinganlik, konversiya va keyingi oy uchun tuzatishlar.
Raqamli marketingda natija bir oyda koʻrinmaydi. Odatda uch oylik sikl bilan ishlashni tavsiya qilamiz: birinchi oy — sozlash va sinov, keyingi oylar — optimallashtirish.
Yoʻq. Kabinetlardagi reklama byudjeti alohida hisoblanadi va toʻliq platformalarga oʻtadi. Xizmat narxi — ishlab chiqarish va yuritish uchun.
Kontent rejasi va har bir material siz tomondan tasdiqlanadi. Tasdiqlash muddati kelishiladi, shunda nashr jadvali buzilmaydi.
Ha. Avval audit oʻtkazamiz: nima ishlaydi, nima ishlamaydi. Shundan soʻng mavjud sahifalarni qayta yuritishga oʻtamiz.
Qamrov, jalb qilinganlik, obunachilar oʻsishi, saytga oʻtishlar va maqsadli harakatlar. Mezonlar brif bosqichida kelishiladi.
Brif
Brifni qoldiring — vazifani aniqlashtirib, hajm va muddat boʻyicha taklif yuboramiz.
OAV, Telegram kanallar va influenserlarda reklama joylashtiramiz: mediareja, kelishuv, chiqish nazorati va hisobot.
Video va foto ishlab chiqarish, grafika va montaj, brending hamda poligrafiya.
Media bilan ishlash, media-rejalashtirish, korporativ kampaniyalar va axborot xizmatlari.
LED ekran va raqamli bilbordlar, tashqi reklama obyektlari ijarasi va reklama maydonlari.